Hodisa Qozog`iston poytaxtidagi “Kamol 2” turar-joy majmuasida sodir bo`ldi. 8-qavatdagi balkon panjasida osilib qolgan 3 yoshli qizaloqni pastdagi qavatda yashovchi qo`shnisi qutqarib qoldi.
FVV departamenti qahramonning ismini e`lon qildi - bu 37 yoshli Sobit Shontakboev. O`z hayotini xavf ostiga qo`yib, bolani qutqarib qoldi.
SputnikKZ muxbirlari 37 yoshli qahramon Sobit Shontakboev bilan bog`lanishdi.
Qizaloqni qutqargan erkak o`zi ko`p bolali ota, u ikki hafta oldin Qozog`iston poytaxtiga ish izlab kelgan ekan. Oilasi esa Qizilo`rdada qoldi.
Ertalab soat 10 da ishga chiqqan vaqtda hovlida odamlar baqirayotganini eshitib qoladi. 8- qavatda osilgan bolani ko`rib, yordamga shoshiladi.
Uning so`zlariga ko`ra, qizcha taxminan 10-15 daqiqa osilib turdi.
Bugun mukofotlash uchun uni FVV departamentiga taklif qilishdi.






