AsosiyDunyo

Toyota Shanxaydagi karantin sababli Yaponiyadagi sakkizta zavodida ish faoliyatini to`xtatdi

'Toyota Shanxaydagi karantin sababli Yaponiyadagi sakkizta zavodida ish faoliyatini to`xtatdi'ning rasmi

Toyota Motor Corp. Xitoyning Shanhay shahridagi lokdaun oqibatida ehtiyot qismlarini etkazib berish bilan bog`liq muammolar yuzaga kelgani tufayli may oyida Yaponiyadagi sakkizta zavodda 14 ta liniyani olti kungacha to`xtatadi. Bu haqda Yonhap agentligi xabar bermoqda.

Toyota may oyi uchun ishlab chiqarish rejasini 750 000 ta avtomobildan 700 000 tagacha qisqartirdi.

Zavodlarda ish 16 maydan 21 mayga qadar to`xtatiladi.

Mart oyida Toyota kuchli zilzila tufayli barcha zavodlarini yopib qo`ygan edi, bu ham ehtiyot qismlar taqchilligiga olib keldi.

Avvalroq Toyota mart oyidagi ishlab chiqarish rejalarini 50 000 ta avtomobilga, keyin esa aprel uchun 150 000 ta avtomobilga qisqartirgan, shuningdek, ishlab chiqarishning may va iyun oylaridagi maqsadlarga nisbatan kamayishi ehtimoli haqida ogohlantirgan.

    Boshqa yangiliklar