AsosiyJamiyat

Koreyaning Chet ellik ishchilarni qo`llab-quvvatlash markazi bilan memorandum imzolandi

'Koreyaning Chet ellik ishchilarni qo`llab-quvvatlash markazi bilan memorandum imzolandi'ning rasmi

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi hamda Kimxe shahri Chet ellik ishchilarni qo`llab-quvvatlash markazi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi. 

Agentlik bu haqda xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, memorandum doirasida o`zbekistonlik ishchilarga maslahat va tarjimonlik yordamini ko`rsatish, bepul koreys tili kurslariga fuqarolarni jalb qilish kabi masalalarda hamkorlik qilish ko`zda tutilmoqda.

Eslatib o`tamiz, avvalroq Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi Latviya kompaniyasi o`rtasida memorandum imzolagani, shu orqali O`zbekiston fuqarolariga Evropa Ittifoqida ishlash uchun vizalar va yashash uchun ruxsatnomalarni rasmiylashtirish bo`yicha to`liq ma`lumot olishga yordam beradigan maxsus ilova va veb-sayt ishlab chiqilishiga kelishilgani haqida xabar bergan edik.

    Boshqa yangiliklar