Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.
8 aprel kuni Shri-Lankaning 8 nafar fukarosi qalbaki Fransiya va Italiya pasportlari asosida Toshkent-London yo`nalishi buyicha uchmoqchi bo`lganida chegara nazorati xodimlari tomonidan to`xtatilib, reysdan qoldirilgan.
Bu holat bo`yicha tayinlangan ekspertiza xulosasiga ko`ra, chet el fuqarolaridagi 2 ta Italiya va 6 ta Fransiya davlatining pasportlari qalbaki ekanligi aniqlanib, mazkur holat yuzasidan Toshkent aviasiya transport prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 223 (qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki O`zbekiston Respublikasiga kirish) va 228-moddalari (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan va tergov harakatlari olib borilgan.
Tergov natijasiga ko`ra, 8 nafar shaxslarga nisbatan ayblov e`lon qilinib, jinoyat ishi ko`rib chiqish uchun sudga yuborilgan.
Jinoyat ishlari bo`yicha Mirobod tumani sudining hukmi bilan sudlanuvchilarga tegishli jazolar tayinlandi.