1

Andijonda molxonasidan osilgan holda topilgan sobiq hokim yordamchisi haqida qo`shimcha ma`lumot berildi

Jamiyat 14.05.2022, 08:35
Andijonda molxonasidan osilgan holda topilgan sobiq hokim yordamchisi haqida qo`shimcha ma`lumot berildi

Andijon viloyatining Marhamat tumanida hokim yordamchisi o`zini osgani haqida xabar bergan edik. 

Holat yuzasidan tumani hokimligi Matbuot xizmati qushimcha ma`lumotlarni taqdim qildi.

Ta`kidlanishicha, Mirzaraximov Farxod Polvontosh mahalla fuqarolar yig`inida 2022 yil 11 yanvardan boshlab, hokim yordamchisi lavozimida ishlagan.  

F.Mirzaraximovning dadasi A.Mirzaraximov 2021 yilda og`ir xastalikka chalinganligi, so`ngra, onasi R.Mirzaraximova og`ir xastalik bilan kasallanib, vafot etgandan so`ng, F.Mirzaraximov ishga sovuqqonlik bilan qaragan.  

Oilasida yuzaga kelgan kelishmovchiliklar sababli spirtli ichimliklarga ruju qo`ygan. 2022 yil mart oyi davomida bir necha bor ogohlantirilishiga qaramasdan, ichkilik ichishni davom ettirgan. 2022 yil 1 aprel kuni o`z ixtiyori bilan ishdan bo`shash to`g`risida ariza bergan.

Ijtimoiy tarmoqlarda yozilayotgan ushbu holat lavozimidan bo`shaganidan so`ng bo`lgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1