AsosiyJamiyat

"XTV o`qituvchining o`quvchilarga kuch ishlatish holatini keskin qoralaydi". Vazirlik Surxondaryodagi hodisa bo`yicha munosabat bildirdi

'"XTV o`qituvchining o`quvchilarga kuch ishlatish holatini keskin qoralaydi". Vazirlik Surxondaryodagi hodisa bo`yicha munosabat bildirdi'ning rasmi

Sal avval, Surxondaryo viloyati, Bandixon tumanidagi, 4-maktabda ingliz tili fani o`qituvchisi 9-sinf o`quvchisini dars mashg`ulotlariga tayyorgarlik ko`rmasdan kelganligi uchun urgani xabar qilingan edi. 

Bosh prokuratura matbuot xizmati holat yuzasidan Bandixon tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlanganini ma`lum qildi. 

Ayni paytda Xalq ta`limi vazirligi ushbu holat bo`yicha munosabat bildirdi. 

"Yurtimizdagi barcha pedagoglarga bolaga nisbatan kuch ishlatish mumkin emasligini eslatib o`tmoqchimiz. Xalq ta`limi vazirligi o`qituvchi tomonidan o`quvchilarga kuch ishlatish holatini keskin qoralaydi.  

Bugungi zamon o`qituvchilar o`quvchilar bilan faqat do`stona munosabat o`rnatish orqali natijaga erishish mumkinligini taqozo etadi. Har bir o`quvchi bilan muammoni birgalikda ijobiy hal etish - bugungi kun pedagogining burchi hisoblanadi. Agar do`stona munosabat orqali natijaga erishishning imkoni bo`lmasa buni hal etish uchun bolaning ota-onasi yohud uchastka noziri jalb etish to`g`ri sanaladi.

Maktabda bunday holatlarning barcha ko`rinishlarini bartaraf etib, o`qituvchilarni bosiqlikka va o`zaro kelishmovchiliklarni tinch yo`l bilan hal etishga chaqirib qoladi", - deyilgan vazirlik matbuot xizmati taqdim etgan rasmiy munosabatda. 

    Boshqa yangiliklar