1

​SSV: Qrim-Kongo gemorragik isitmasi bilan kasallanib tuzalganlarning qon plazmasi banki yaratiladi

Salomatlik 16.05.2022, 20:17
​SSV:  Qrim-Kongo gemorragik isitmasi bilan kasallanib tuzalganlarning qon plazmasi banki yaratiladi

Davlatimiz rahbarining “Ayrim dolzarb virusli infeksiyalar tarqalishiga qarshi kurashish chora-tadbirlarini takomillashtirish to`g`risida”gi qaroriga asosan, Sog`liqni saqlash vazirligi:

2022 yil 1 noyabrga qadar Sog`liqni saqlash vazirligi muassisligida “IT-Med” mas`uliyati cheklangan jamiyati tomonidan jigar surunkali virusli kasalligining yagona elektron reestrini ishlab chiqib, kelgusida uning texnik  va dasturiy qo`llab-quvvatlanishini ta`minlaydi;

 2023 yil 1 yanvarga qadar Reestrni yuritishni qon va uning tarkibiy qismlari bilan ishlaydigan xodimlarga ega bo`lgan davolash-profilaktika muassasalari, sanitariya-epidemiologiya xizmati hamda mulkchilik shaklidan qat`i nazar barcha tibbiyot tashkilotlariga joriy qilib, ularning o`zaro integrasiyasini yo`lga qo`yadi;

2022 yil 1 iyuldan boshlab Virusologiya ilmiy-tadqiqot institutida hamda Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan Qoraqalpog`iston Respublikasi, Navoiy, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax va Sirdaryo viloyatlaridagi tegishli muassasalarda Qrim-Kongo gemorragik isitmasi bilan kasallanib tuzalganlarning (donorlarning) qon plazmasi banki yaratilishini ta`minlaydi;

 davolash-profilaktika muassasalari va nodavlat tibbiyot tashkilotlarida yuqumli kasalliklarga, shu jumladan, surunkali virusli gepatitlarga tashxis qo`yish va ularni davolash standartlarini takomillashtiradi hamda ularga rioya qilinishi ustidan nazoratni kuchaytiradi.

Shuningdek:

 2022 yil 1 iyuldan boshlab nodavlat tibbiyot tashkilotlari qon va uning tarkibiy qismlari bilan ishlayotgan xodimlarini gepatit “V” infeksiyasiga qarshi emlashni, shuningdek, Reestr ishga tushgan paytdan boshlab bu haqdagi ma`lumotning unga kiritib borilishini ta`minlaydi.

Bunda, emlanmagan xodimlarni emlash ularning asosiy ish joyi bo`lgan tibbiyot tashkilotlari hisobidan amalga oshiriladi;

2024 yil 1 yanvardan boshlab nodavlat tibbiyot tashkilotlarida qon va uning tarkibiy qismlari bilan ishlayotgan xodimlar gepatit “V” infeksiyasiga qarshi emlangan bo`lishi hamda Reestrning belgilangan tartibda yuritilishi tibbiy faoliyatni lisenziyalash talablari va shartlaridan biri hisoblanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1