1

Yurtimizda koronavirus bilan kasallanganlar soni ochiqlandi

Salomatlik 18.05.2022, 17:25
Yurtimizda koronavirus bilan kasallanganlar soni ochiqlandi

Kecha yurtimizning 2 ta hududida yana 20 nafarga yaqin kishida kasallik aniqlandi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Axborot xizmati ma`lum qildi.

2022 yil 17 may holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 238 842 (+18) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 5 nafari Toshkent viloyatida,13 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida Toshkent viloyatida 7 nafar, Toshkent shahrida esa 31 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog`ayganlar jami 237 057 (+38) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 99 foizni tashkil etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1