1

Jo Bayden AQShning O`zbekistondagi yangi elchisi nomzodini e`lon qildi

Siyosat 21.05.2022, 10:51
Jo Bayden AQShning O`zbekistondagi yangi elchisi nomzodini e`lon qildi

AQSh rahbari Jo Bayden mamlakatning O`zbekistondagi navbatdagi elchisi sifatida uzoq yillik tajribaga ega diplomat Jonatan Henik nomzodini ko`rsatdi. Oq uy buni 20 may kuni e`lon qildi, deya xabar bermoqda UzA “Amerika ovozi” nashriga tayanib. 

Nomzod Kongressning yuqori palatasi, Senat tasdig`idan o`tishi kerak. Amerikaning Toshkentdagi hozirgi elchisi Daniel Rozenblum faoliyatini boshlaganiga uch yildan oshdi. Henik to`liq tasdiqlanguncha Rozenblum vazifasida davom etadi.

Nyu-Yorkda ulg`aygan Henik yaqingacha Davlat departamentida Markaziy Osiyo bo`yicha bosh diplomat edi. U, shuningdek, xalq diplomatiyasi yo`nalishda uzoq yillar xizmat qilgan, bu boradagi dasturlarga bosh-qosh bo`lgan.

Ayni damda Henik AQSh Mudofaa universitetining Kiber xavfsizlik va axborot kollejida Davlat departamentining mas`ulidir. Diplomat dezinformasiyaga qarshi kurash bo`yicha o`tkir mutaxassis sanaladi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1