AsosiyJamiyat

Toshkentda 17 yoshli qizga tegajog`lik qilmoqchi bo`lgan erkak qamaldi

'Toshkentda 17 yoshli qizga tegajog`lik qilmoqchi bo`lgan erkak qamaldi'ning rasmi

Bir muddat avval Toshkentda erkak 17 yoshli qizga tegajog`lik qilmoqchi bo`lgani, bunga poytaxt IIBning munosabatini ma`lum qilgandik.

Ayni damda xabar berilishicha, erkak qamaldi.

"Yunusobod tumanida voyaga etmagan qizga nisbatan nomunosib xatti-harakatlar sodir etgan shaxs - 1974 yilda tug`ilgan Yu.B. ushlanib, O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 183 ("Mayda bezorilik") va 194-moddasi ("Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik") bilan javobgarlikka tortildi",-deyiladi xabarda.

Ma`lum qilinishicha, jinoyat ishlari bo`yicha tuman sudining qaroriga asosan, ushbu shaxsga nisbatan 10 sutka ma`muriy qamoq hamda jarima jazosi tayinlandi.

    Boshqa yangiliklar