1

Afg`oniston aeroportlarini boshqarishda “Tolibon”ga kim ko`maklashishi ma`lum bo`ldi

Dunyo 24.05.2022, 15:48
Afg`oniston aeroportlarini boshqarishda “Tolibon”ga kim ko`maklashishi ma`lum bo`ldi

“Tolibon” BAA bilan aeroportlarni boshqarish bo`yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda zamon.uz “TASS” tayanib xabar berdi.

Gap Afg`onistonning to`rt aeroporti haqida ketmoqda. Kelishuv bosh vazir o`rinbosari Mulla Abdulg`ani Barodarning BAAga tashrifi vaqtida imzolangan. Unga ko`ra, Abu-Dabi Kobul, Qandahor, Hirot  va Mozori-Sharif aeroportlarini boshqarishda yordam beradi.

Bundan oldin toliblar shu masalada Turkiya va Qatar bilan muzokara o`tkazgan. Ammo tomonlar moliyaviy va yuridik masalada kelisha olmagan.

Avvalroq O`zbekiston mutaxassislari Mozori-Sharif aeroportini ta`minlashda ishtirok etayotgani haqida xabar berilgandi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1