BMTning aholishunoslik sohasidagi jamg`armasi tomonidan jurnalistlar uchun press-brifing tashkil etildi. Bu haqda darakchi muxbiri Munzura Bekjonova xabar bermoqda.
Unda “Bachadon bo`yni saratonini erta aniqlash uchun OPV testini o`tkazish” qo`shma loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bo`yicha ma`lumotlar taqdim etildi.
Ushbu loyiha Qoraqalpog`iston Respublikasida BMTning aholishunoslik sohasidagi jamg`armasi (YuNFPA) tomonidan Yaponiya hukumati moliyaviy ko`magida amalga oshirilmoqda.
Uchrashuvda O`zbekiston SSV ishchi guruhi monitoring natijalarini taqdim etdi, shuningdek mutaxassislar bachadon bo`yni saratonoldi kasalliklarini davolashda termoamblyasiyani joriy etish tajribasi bilan o`rtoqlashdilar.
Statistik ma`lumotlar:
Odam papillomasi virusini (OPV) aniqlash uchun JSST, Yaponiya hukumati, YuNFPA hamda BMTning aholishunoslik sohasidagi jamg`armasi ko`magida zarur tashxislar uskunalari, testlar hamda dastlabki bosqichdagi bemorlarni davolash uchun 2 dona radioto`lqinli qurilma sotib olindi.
Qayd etish zarurki, endilikda olis tumanlarda istiqomat qiluvchi ayollar onkologik markazlarga borishlari shart emas, ular o`z poliklinikalarida saratonoldi shikastlanishlarini davolash bo`yicha barcha xizmatlar ko`lamidan foydalanishlari mumkin.