Chirchiqda maktab o`quvchilari 58 yoshli erkakni urgani bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atildi

Jamiyat 26.05.2022, 00:05
Chirchiqda maktab o`quvchilari 58 yoshli erkakni urgani bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atildi

Avvalroq Toshkent viloyati Chirchiq shahrida ikki nafar maktab yoshidagi bola 50-60 yosh orasidagi erkak kishini haqorat qilib, urganligi haqida xabar bergan edik. 

Viloyat IIBB holat yuzasidan qo`shimcha ma`lumot berdi. 

Ma`lum qilinishicha, maktab o`quvchilari tomonidan bezorilik sodir etgan holati yuzasidan Chirchiq shahar IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi 2-qismi «B» bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Shaxslar O`zbekiston Respublikasi JPKning 227-moddasi tartibida ushlangan. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Chirchiq shahar IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1