Kecha, 25 may umumiy o`rta ta`lim maktablarida "So`nggi qo`ng`iroq" chalindi. Mustaqil hayot ostonasiga qadam qo`yayotgan maktab bitiruvchilariga deputat Rasul Kusherbaev ham o`z tilaklarini bildirgan edi. Xususan, u: "Tirikchilikni davlat xizmatchisi sifatida o`tkazishga olib keladigan kasb tanlashdan yiroq bo`lishga intiling, ilojsiz qolsangizgina davlat xizmatida ishlang", -deya fikrlar bildirib ketgandi. Biroq uning bu satrlar yo`g`rilgan fikrlari ijtimoiy tarmoqlarda muhokamaga sabab bo`ldi, ko`pchilik deputatni bu uchun ayblashga ham ulgurgan. Shu bois, Kusherbaev tabrigiga izoh berdi.
"To`g`risi kulishni ham yig`lashni ham bilmayman. Bu fikrlarimni izohlashga hojat bo`lmaydi, deb o`ylasam adashgan ekanman",-deydi u so`zi avvalida.
Deputat so`zida davom etar ekan, bu fikrlar insonlarni davlat xizmatidan qaytarish uchun emas, aksincha davlat xizmatida ishlashning mas`uliyati yuqoriligi nuqtai nazaridan aytilganini ta`kidlaydi.
"Davlat xizmatida ishlash har kimga ham emas. Unda ishlagan odam o`z-o`zidan 35 million fuqarolar oldida mas`uliyati borligi sabab bu gaplarni aytdim. Bundan tashaqri davlat ishida ishlgan inson o`zi xohlagan ishni qilolmaydi. U endi xalq xizmatchisiga aylanadi. Xizmatchi istagan ishini bajaruvchi inson emas, ba`i vaqtlarda u tiyilishga majbur bo`ladi. Uning imkonyatlari kamayib, majburiyatlari ko`payadi. Shuning uchun ham imkoniyatlaringizdan kelib chiqqan holda ilojsiz qolsangizgina davlat xizmatida ishlang, deb aytdim",-deydi u.
Xalq orasida ancha e`tibor qozonib ulgurgan Rasul Kusherbaev sharoit taqazo etgani sababli buni izohlab berganini aytadi.
"Darvoqe, videodagi fikrlarimga qo`shilmaslik ham mumkin",-deydi u so`ngida.






