1

Joriy yilning 4 oyida 4,3 ming tonna qalampir eksport qilingan

Jamiyat 26.05.2022, 13:33
Joriy yilning 4 oyida 4,3 ming tonna qalampir eksport qilingan

Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2022 yilning  yanvar-aprel oylarida O`zbekiston 18 ta xorijiy davlatlarga qiymati 4,1 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan 4,3 ming tonna qalampir eksport qilgan.

Qalampir eksporti o`tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,1 ming tonnaga kamaygan.

2022 yilning dastlabki 4  oyida O`zbekiston  qalampir mahsulotlarini eng ko`p eksport qilgan davlatlar:

- Qozog`iston – 2,8 ming tonna  

- Qirg`iz R. – 432 tonna  

- Rossiya – 250 tonna  

- AQSh – 219,4 tonna  

- Germaniya – 143,4 tonna

- Ukraina – 86,1 tonna  

- Tojikiston – 79,4 tonna

 Xorijga eng ko`p qalampir eksport qilgan hududlar:

- Surxondaryo viloyati – 1,3 ming tonna  

- Jizzax viloyati – 642,4 tonna  

- Farg`ona viloyati – 585 tonna

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1