Toshkentda giyohvandlik vositalarini noqonuniy saqlagan shaxs ushlandi

Jinoyat 26.05.2022, 13:50
Toshkentda giyohvandlik vositalarini noqonuniy saqlagan shaxs ushlandi

Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda. Unga ko`ra, Toshkent shahar IIBB va Yashnobod tumani IIO FMB JQB xodimlari tomonidan Yashnobod tumanida o`tkazilgan profilaktik tadbir davomida muqaddam sudlangan 50 yoshli A.N. qo`lga olindi. 

Fuqaro to`xtatilib, xolislar ishtirokida tekshirilganida, uning yonidan yashil rangli, o`tkir hidli quritilgan o`simlik moddasi, 4 dona “Regapen” dori vositasi va plastik butilka borligi aniqlangan. 

Axborotda aytilishichka, IIBB EKMning xulosasiga ko`ra, ushbu moddalar 2,03 gr. marixuana va 0,35 gr. gashish ekanligi ma`lum bo`lgan. Mazkur holat bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-modda 2-qismi bilan ("Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o`tkazish maqsadini ko`zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar") jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Tergov davom etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1