"UzautoMotors" jamoasidan navbatdagi yangilik! Endilikda, kompaniyaning doimiy kuzatuvchilari uchun yana-da qulay va imkoniyatlarga boy Telegram-bot ishga tushirilmoqda. Bu haqda kompaniya o`zining rasmiy sahifalarida e`lon qildi.
Uzautosanoat _bot foydalanuvchilari diqqatiga!
Hurmatli foydalanuvchilar, Sizlarga @UzAvtoSavdo_bot telegram-botini taqdim etishdan mamnunmiz. 2022 yil 1 iyundan boshlab eski namunadagi @uzautosanoat_bot yangi, yanada qulay UzAvtoSavdo (@UzAvtoSavdo_bot) telegram-botiga almashtirilishini ma`lum qilamiz.
Shu munosabat bilan, eski namunadagi @uzautosanoat_bot tizimdan o`chiriladi. Eski botdan yangi botga o`tishingizni tavsiya etamiz.
@UzAvtoSavdo_bot Telegram-botidan foydalanish bo`yicha ommaviy ofertaga havola.
Eslatma: @UzAvtoSavdo_bot Telegram-botidan foydalanish mutlaqo bepul, — deyiladi xabarda.






