Jizzax viloyatining Forish tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroning uyida “kannabis” topildi. Bu haqda Jizzax viloyati IIB axborot xizmati ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, fuqaro “Oqtepa” MFYda istiqomat qilgan. Va uning uyi tekshiruvdan o'tkazilganda 2 tup “kannabis“ o'simligi parvarishlanayotgani hamda 2 ta gugurt qutisida giyohvandlik moddasi saqlanayotgani aniqlangan.

Hozirda yuqoridagi holatlarni aniqlash uchun tezkor tadbirlar davom ettirilmoqda.






