Qosh-qovoqlarni “torttirish” xavfli emasmi? Ayni paytda urfga kirgan masalaga SSV oydinlik kiritdi

Salomatlik 04.06.2022, 09:44
Qosh-qovoqlarni “torttirish” xavfli emasmi? Ayni paytda urfga kirgan masalaga SSV oydinlik kiritdi

SSV matbuot xizmati Tibbiyot fanlari doktori, Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi dermatokosmetologiya bo`limi mudiri Bobur Toirovning qosh-qovoqni tortirish borasidagi tavsiya va ma`lumotlarini e`lon qildi. 

Ma`lum qilinishicha, Tibbiyotda blefaroplastika nomi bilan ataluvchi amaliyot natijasida qovoqlardagi shishlarni ketkazish, ko`z osti qopchalarini bartaraf etish va ko`z atrofidagi terini taranglashtirish (mayda ajinlarni yo`qotish)ga erishish mumkin. Mazkur amaliyot nafaqat ayollar, balki erkaklarda ham o`tkazilib, xavfsiz va qisqa fursatda bajariladi.  

Bunda bemor mahalliy anesteziya usulida 30 daqiqadan bir soatgacha operasiya xonasida bo`ladi. Jarrohlik amaliyotidan so`ng uch-to`rt kun o`tgach, kesimdagi chok iplari olib tashlanadi.  

Amaliyotning birlamchi natijasi bir oydan keyin ma`lum bo`ladi. Operasiyadan 5 kun o`tib, dekorativ kosmetika vositalaridan foydalanish mumkin.

Bleforaplastika qandli diabet, qon bilan bog`liq xastaliklar yoki yurak-qon tomir kasalliklari mavjud bo`lganida o`tkazilmaydi.  

Shuningdek, amaliyot maxsus ixtisoslashtirilgan markazlarda yoki klinikalarda bajarilmasa, deylik, go`zallik salonida amalga oshirilsa, ijobiy natija kafolatlanmaydi, bunday qilish bemor uchun xatarli bo`lishi mumkin.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1