Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2022 yilning aprel oyida 269,2 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O`zbekistonga tashrif buyurgan.
Ma`lum qilinishicha, bu ko`rsatkich o`tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 181,4 ming nafarga yoki 3,1 baravarga oshgan.
O`zbekistonga aprel oyida eng ko`p qaysi davlatlarning fuqarolari turistik maqsadda tashrif buyurgan?
— Qozog`iston – 81,2 ming nafar
— Tojikiston – 69,9 ming nafar
— Qirg`iz R. – 69,1 ming nafar
— Rossiya – 29,3 ming nafar
— Turkiya – 4,5 ming nafar
— Germaniya – 1,4 ming nafar
— Fransiya – 1,2 ming nafar
— Belarus R. – 1,2 ming nafar
— Koreya – 0,9 ming nafar
— Buyuk Britaniya – 0,8 ming nafar
— Ispaniya – 0,7 ming nafar
— AQSh – 0,7 ming nafar
— Italiya – 0,5 ming nafarni tashkil etadi.






