Ijtimoiy tarmoqlarda Qozog`iston Respublikasining Aktau shahrida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O`zbekiston fuqarolari ishtirokida katta navbat yuzaga kelgani haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi quyidagilarni ma`lum qildi:
O`zbekistonning Aktau shahridagi Bosh konsulxonasining ma`lum qilishicha, joriy yilning may oyida O`zbekistondan Qozog`istonning Atirau shahriga vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun borgan fuqarolar ro`yxatdan o`tkazish ishlarini rasmiylashtirish jarayonida Atiraudagi “fuqarolarga xizmat ko`rsatish markazlari”da katta navbatlar yuzaga kelgani sababli o`z e`tirozlarini bildirgan.
O`z navabatida, mamlakatimizning Aktau va Olma-ota shaharlaridagi Bosh konsulxonalari tomonidan vaziyat nazoratga olinib, ushbu vaziyat yuzasidan Atirau viloyati hokimiga amaliy yordam ko`rsatish bo`yicha murojaat qildi.
"Atirau viloyati hokimligi tomonidan ushbu masalani ijobiy hal etish, xususan, markaz xodimlari sonini ko`paytirish va shanba kuni ham fuqarolar qabulini tashkil etish kabi choralar ko`rilmoqda" deyiladi xabarda.






