AsosiyJamiyat

Qozog`istonda o`zbekistonliklar bo`lgan avtobusning yonib ketgani bo`yicha qo`shimcha ma`lumot berildi. Aniqlanishicha...

'Qozog`istonda o`zbekistonliklar bo`lgan avtobusning yonib ketgani bo`yicha qo`shimcha ma`lumot berildi. Aniqlanishicha...'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, Qozog`iston Respublikasining Jambul oblasti Jambul rayonida O`zbekiston fuqarolari bo`lgan avtobus YTHga  uchradi.

Tashqi mehnat migarsiyasi agentligi thodisa yuzasidan qo`shimcha ma`lumot taqdim etdi.

Ma`lum qilinishicha, o`zbekistonlik haydovchi boshqaruvidagi boshqa yuk moshinasi boshqaruvni yo`qotib, to`xtab turgan 4 ta moshinaga urilishi natijasida ushbu moshinalar yonib ketgan.

Ushbu hodisalar oqibatida 1 kishi vafot etgan, 10 kishi (shundan 3 nafari O`zbekiston fuqarosi) esa tan jarohati olgan.

Jarohat olganlarga birinchi tibbiy yordam ko`rsatilib, shifoxonaga yotqizilgan. Vafot etganlar orasida O`zbekiston fuqarolari yo`q.

Hozirgi vaqtda hodisa O`zbekistonning Olma-otadagi Bosh konsulxonasi mehnat migrasiyasi masalalari bo`yicha attashesi tomonidan nazoratga olingan.

 

    Boshqa yangiliklar