AsosiyJamiyat

Qoraqalpog`istonda favqulodda holat kuchga kirdi

'Qoraqalpog`istonda favqulodda holat kuchga kirdi'ning rasmi

Sal avval Prezident farmoni bilan fuqarolarning xavfsizligini ta`minlash, ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish, qonuniylik va huquq-tartibotni tiklash maqsadida Qoraqalpog`iston Respublikasi hududida 3 iyul soat 00:01 dan 2 avgust kuni soat 00:00 gacha favqulodda holat joriy etilgani haqida xabar bergan edik.

Ayni damda Oliy Majlis senatining ma`lum qilishicha, mamlakatda favqulodda holat kuchga kirdi.

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi 78-moddasi birinchi qismining 19-bandiga va "Favqulodda holat to`g`risida"gi O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy Qonuni 8-moddasining uchinchi qismiga muvofiq qaror qildi.

Unga ko`ra,  O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 2 iyuldagi "Qoraqalpog`iston Respublikasi hududida favqulodda holat joriy etish to`g`risida"gi Farmoni tasdiqlanishi belgilandi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar