Uzbekistan Airports "Nukus” aeroporti faoliyati yuzasidan rasmiy ma`lumot berdi.
Ma`lum qilinishicha, Qoraqalpog`istonda favqulodda holat joriy etilishi va Prezident Qarori ijrosini taminlash maqsadida “Nukus” aeroporti faoliyati komendantlik soatlarida vaqtinchalik soat 21:00 dan 07:00 gacha cheklanadi.
Shu munosabat bilan Uzbekistan Airways AJning 2022 yil 3 iyul kuni Toshkent – Nukus – Toshkent yo`nalishi bo`yicha HY017/HY018 reyslari bekor qilindi.
4 iyul kuni bekor qilingan reyslarning barcha yo`lovchilari Toshkent – Nukus – Toshkent yo`nalishi bo`yicha HY011/HY012 reyslari orqali etkaziladi. Aviakompaniya yo`lovchilarni reyslar kechiktirilishi haqida xabardor qilgan.