AsosiyJinoyat

Samarqandda o`zini ro`molda osib, joniga qasd qilgan kelinchak o`limi yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atildi

'Samarqandda o`zini ro`molda osib, joniga qasd qilgan kelinchak o`limi yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atildi'ning rasmi

Sal avval Samarqand viloyatining Tayloq tumanida yashovchi kelin o`z joniga qasd qilganligi to`g`risida xabar berilgan edi.

Ayni paytda Samarqand viloyati prokuraturasi holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi. 

Aniqlanishicha, 2022 yil 27 iyun kuni soat taxminan 04:30 larda Tayloq tumani, "Bog`izag`on" mahallasida yashagan 31 yoshli kelin I.G. o`zini yashash uyi mehmonxonasida kiyim ilgichga ayollar ro`moli bilan o`zini o`zi osib joniga qasd qilgan.

Holat yuzasidan o`tkazilgan dastlabki sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko`ra, marhumning o`limi osilishda bo`yin a`zolarini sirtmoq bilan qisilishi natijasida yuzaga kelgan mexanik asfiksiyadan kelib chiqqanligi, shuningdek marhumaning tanasida engil tan jarohatlari mavjudligi ko`rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Tayloq tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o`tkazilib, marhuma G.I.ning turmush o`rtog`i X.O.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 103-moddasi (O`zini o`zi o`ldirish darajasiga etkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar