AsosiyJinoyat

Zangiota tumanida voyaga etmagan qiz zo`rlangani bo`yicha qo`shimcha ma`lumot berildi

'Zangiota tumanida voyaga etmagan qiz zo`rlangani bo`yicha qo`shimcha ma`lumot berildi'ning rasmi

Sal avval, Zangiota tumanida voyaga etmagan qiz zo`rlanganligi haqida xabar qilingan edi. 

Holat yuzasidan Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati qo`shimcha ma`lumot berdi. 

Ma`lum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan, fuqaro arizasiga asosan 2022 yil 8 iyul kuni Zangiota tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 128-moddasi 1-qismi (O`n olti yoshga to`lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Hozirda holat yuzasidan sudga oid biologiya ekspertizasi tayinlangan bo`lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

"Shu o`rinda, ijtimoiy tarmoq faollari, blogerlar va jurnalistlardan bu kabi tergov harakatlari olib borilayotgan ish (mavzu)larni bir tomonlama yoritmasliklarini so`rab, barchasi qonuniy echim topmagunga qadar e`lon qilmaslikka chaqiramiz", - deyiladi xabarda. 

Boshqa yangiliklar