AsosiyJinoyat

Qozog`istonda narkotik modda sotgan o`zbekistonlik yigit ushlandi

'Qozog`istonda narkotik modda sotgan o`zbekistonlik yigit ushlandi'ning rasmi

Qozog`istonda narkotik modda sotish bilan shug`ullangan o`zbekistonlik 26 yoshli yigit qo`lga olindi. Bu haqda "Zakon.kz" xabar berdi.

Yigit mamlakatga giyohvand moddalarni sotish jarayoniga yoshlarni jalb qilish maqsadida kelgan. Tekshiruv davomida O`zbekiston fuqarosidan og`irligi 500 grammdan ortiq bo`lgan "alfa-PVP" psixotrop moddasi aniqlangan.

"Qo`lga olingan shaxsga nisbatan Qozog`iston Jinoyat kodeksining 297-moddasi 3-qismi bo`yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Sud qarori bilan u hibsga olingan. Ko`rilgan chora-tadbirlar natijasida 1600 dan ortiq bir martalik sintetik dori vositalarining noqonuniy muomalaga kirishining oldi olingan", - deyiladi xabarda.

Ta`kidlanishicha, yigitga nisbatan 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo qo`llanilishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar