Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bektemir tuman bo`limi tomonidan tezkor tadbir o`tkazildi.
Unda, Guliston davlat universiteti talabasi U.O. tanishlari yordamida fuqaro G`.ning ukasi U.ni 7 000 AQSh dollari evaziga O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga o`qishga kiritib qo`yishni va`da qilib, shundan 4 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






