AsosiyJamiyat

Yozning qoq chillasida bizni qanday ob-havo kutmoqda?

'Yozning qoq chillasida bizni qanday ob-havo kutmoqda?'ning rasmi

Bugun va dam olish kunlari O`zbekiston hududi bo`yicha haroratning asta-sekin ko`tarilishi davom etadi.

Bugun va ertaga respublika bo`yicha havo harorati 36-41° atrofida, janubda va cho`l hududlarda 42-43° gacha bo`ladi. Yakshanba kuni issiqning oshib borishi davom etadi, shu kuni termometr ustuni ba`zi joylarda 40-43° gacha, janubda va cho`l hududlarda ba`zi joylarda 45° issiqqacha ko`tariladi.

Issiq havo kirib kelishi shamolning kuchayishi bilan qayd etiladi. Bugun va ertaga respublikaning shimoliy hududlarida, shuningdek Buxoro va Navoiy viloyatlarining cho`l hududlarida, yakshanba kuni esa respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol chang-to`zonlar bilan 15-20 m/s gacha kuchayishi kuzatiladi. 17 iyulda ayrim joylarda shamol 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar