AsosiyDunyo

Bugundan Rossiyaga quruqlik orqali hech qanday cheklovsiz kirish mumkin

'Bugundan Rossiyaga quruqlik orqali hech qanday cheklovsiz kirish mumkin'ning rasmi

Rossiya 15 iyuldan boshlab quruqlik chegarasini kesib o`tishga qo`yilgan cheklovlarni bekor qildi. Bu haqda “TASS” xabar berdi, deb yozadi Zamon internet nashri.

Shu mazmundagi hujjat RF hukumati rahbari Mixail Mishustin tomonidan imzolangan. Bundan oldin epidemiologik vaziyat barqarorlashgani tufayli 14 iyunda xorij fuqarolarining Rossiyaga dengiz va havo yo`llari orqali kirib kelishiga qo`yilgan cheklovlar olib tashlangandi. Ammo quruqlik yo`llari transporti orqali kirish bo`yicha taqiqlar saqlanib qolgandi.

Moskva 2020 yil boshida koronavirus infeksiyasi tarqalishni boshlanishi bilan chegarani kesib o`tishni taqiqlagandi.

    Boshqa yangiliklar