Rossiyaning “Aeroport Regionov” xoldingi O`zbekistonda Sukhoi Superjet 100 samolyotlari bilan mahalliy reyslarda xizmat ko`rsatuvchi aviakompaniya tashkil qilib, uni Farg`ona aeroportida joylashtirmoqchi. Bu haqda Sergey Krasnov boshchiligidagi kompaniya vakillari Farg`ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov bilan uchrashuvda ma`lum qilgan.
Uchrashuvda rekonstruksiya va modernizasiya qilish orqali Farg`ona aeroportini rivojlantirish istiqbollari hamda “Aeroport Regionov” holdingining bu jarayonda ishtiroki imkoniyatlari muhokama qilingan.
Farg`ona vodiysi viloyatlari hamda qo`shni mamlakatlar chegaradosh viloyatlari aholisi sonini hisobga olganda, Farg`ona shahri aeroportini kengaytirish hamda modernizasiya qilish istiqbolli loyiha ekani ta`kidlangan.






