AsosiyJamiyat

Sirdaryoda kuydirgi kasalligining aniqlangani rostmi?

'Sirdaryoda kuydirgi kasalligining aniqlangani rostmi?'ning rasmi

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati viloyat boshqarma boshlig`i o`rinbosari Jamshid Sultonov bunga izoh berdi.

Ma`lum qilinishicha, viloyatda haqiqatdan ham kuydirgi bilan kasallangan bemor aniqlangan. Bemorning yashash joyi Sirdaryo viloyati Sardoba tumanida bo`lgan. Xastalik unga kasallangan molni so`yishi va uning go`sht mahsulotini iste`molidan yuqqanligi aniqlangan. 

Mutaxassisning ta`kidlashicha hozirda bemor tuzalib, shifoxonadan chiqarilgan.

Ma`lumot uchun: Bu kasallik o`tkir yuqumli bo`lib, u hayvonlardan odamga o`tishi mumkin. Xastalik xalq orasida Sibir yarasi, “Ilohiy olov”, “Eron alangasi” deb ham yuritiladi. Ushbu og`ir dardning bemorlarda teri, o`pka va ichak shakllari uchraydi.

O`z vaqtida davolash choralari ko`rilsa xastalikning tuzalib ketadigan hamda eng ko`p uchraydigan shakli – terining ochiq joylarida uchraydigan teri yaralaridir. Ular 95-99 foiz, o`pka va ichak shakli esa 1-5 foiz uchraydi.

Kasallikni chorva bilan shug`ullanuvchilar, go`sht mahsulotlarini qayta ishlovchilar, ovchilar yuqtirish ehtimoli ko`proq. Kasal chorva go`shtiga etarli ishlov berilmaganda va gigiena qoidalari buzilganda ham xastalik yuqishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar