AsosiyJamiyat

Qo`shni Afg`onistonda tarqalgan vabo kasalligidan O`zbekiston aholisi qanday himoyalangan?

'Qo`shni Afg`onistonda tarqalgan vabo kasalligidan O`zbekiston aholisi qanday himoyalangan?'ning rasmi

Shu kunlarda turli ijtimoiy tarmoqlarda Afg`onistonning ikki viloyatida bir kunda 40 ga yaqin odam vabodan vafot etganligi haqida xabarlar keng muhokamalarga sabab bo`lmoqda.

Sanepidxizmat Matbuot xizmatining xabar yuzasidan bergan bayonotiga ko`ra, ayni paytda Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti tomonidan yuzaga kelgan vaziyat yuzasidan hech qanday rasmiy xabar berilmagan.

Vabo – vibrio cholerae mikroorganizmi keltirib chiqaradigan, o`tkir infeksiya. Kasallik diareya bilan kechadi, bu suvsizlanish va qon tomirlari etishmovchiligini keltirib chiqaradi. Ko`pincha infeksiya ifloslangan suv yoki dengiz mahsulotlari orqali yuqadi.

O`zbekiston Respublikasida Sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan respublika bo`yicha amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar natijasida o`lat, sariq isitma, virusli gemorragik isitmalar, parranda grippi kabi karantin va o`ta havfli yuqumli kasalliklar, jumladan vabo kasalligini respublika hududiga chetdan kirib kelishi va aholi o`rtasida tarqalib ketishiga yo`l qo`yilmagan.

Ta`kidlanishicha, O`zbekistonda vabo kasalligini tarqalishini va kelib chiqishini oldini olish yuzasidan quyidagi choralar ko`rilmoqda:

Kasalliklarni chetdan kirib kelishini oldini olish maqsadida, respublika bo`yicha bugungi kunda davlat chegaralarini kesishish joylarida 54 ta sanitariya – karantin punktlari (keyingi o`rinlarda – SKP deb yuritiladi) faoliyat ko`rsatib kelmoqda, shulardan 36 tasi avtomagistral yo`llarida, 11 tasi Halqaro aeroportlarida, 6 tasi temir yo`l va 1 tasi daryo portida tashkil etilgan

O`zbekiston Respublikasi hududiga chegaradan kirib kelayotgan yo`lovchilarni tibbiy – sanitariya ko`rigini yaxshilash maqsadida barcha Xalqaro aeroportlar va avtomagistral yo`llarda joylashgan yo`lovchi o`tish oqimi yuqori bo`lgan SKPlar zamonaviy teplovizorlar va kontaktsiz termometr (pirometr)lar bilan etarlicha ta`minlangan.

Yuqumli kasalliklar shifoxonalarida, oral-regidratasiya punktlarida o`tkir diareyaga chalingan bemorlarni Sog`liqni Saqlash Vazirining amaldagi buyruqlari talablari asosida vaboga tekshirilishi tashkil etilgan.

Kasallikning mavsumida har bemorlar yuzasidan chuqur epidemiologik surishtiruv ishlari o`tkazilmoqda;

Sanitariya-epidemiologiya xizmatining maxsus laboratoriyalari vabo kasalligini tashhisoti bo`yicha kerakli jihozlar, reaktivlar va ozuqa muhitlari bilan etarli miqdorda ta`minlangan;

Laboratoriya mutaxassislarini qayta tayyorgarlikdan o`tkazilgan;

Kasallik mavsumida har hafta ochiq suv xavzalaridan namunlar olib, vabo chaqiruvchilariga tekshirilishi amalga oshirib kelinmoqda (NAG va AG vibrionlarga);

Kasallikka chalingan (gumon qilingan) bemorlarni yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizish maqsadida shifo-o`rinlari zaxirasi tashkil etilgan;

Vabo kasalligiga chalingan bemorlarini davolash ishlarini tashkil etish uchun zarur dori vositalari zaxirasini yaratilgan;

Davlat chegara-bojxona postlaridagi sanitariya-karantin punktlari tomonidan kasallanish tarqalgan qo`shni dalvatlardan tashrif buyuradigan fuqarolarning tibbiy nazorati  kuchaytirildi;

Karantin va o`ta xavfli yuqumli kasalliklar profilaktikasi bo`yicha aholi o`rtasida sanitariya – targ`ibot ishlarini kuchaytirildi.


 


 

    Boshqa yangiliklar