O`zbekiston xalqaro islom akademiyasida ilk bor jurnalistika, yurisprudensiya va kompyuter injiniringi kabi yo`nalishlar bo`yicha qabul o`tkazilmoqda.
Ma`lum qilinishicha, O`zbekiston xalqaro islom akademiyasi ilmiy salohiyati 66 foizni tashkil etadi. Ayni paytda Akademiyada “Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar”, “Mumtoz sharq filologiyasi” hamda “Islomshunoslik” fakultetlari mavjud bo`lib, ularning tarkibida 10 ta kafedra faoliyat yuritmoqda.
Joriy yildan ilk marotaba “Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik (arab tili)”, “Jurnalistika" (xalqaro jurnalistika), “Yurisprudensiya (islom huquqi)”, “Kompyuter injiniringi (“Kompyuter injiniringi”, “AT servis”, “Axborot xavfsizligi”, “Multimedia texnologiyalari)” ta`lim yo`nalishlariga qabul o`tkazilmoqda.






