AsosiyJamiyat

Abiturientlarni onlayn ro`yxatga olish muddatlari uzaytirildi

'Abiturientlarni onlayn ro`yxatga olish muddatlari uzaytirildi'ning rasmi

DTM axborot xizmati ma`lum qilishicha, Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 13 iyuldagi 1-son bayoniga muvofiq, 2022-2023-o`quv yili qabulida abiturientlarni onlayn ro`yxatga olish muddatlari uzaytirildi.

Unga ko`ra, 2022-2023-o`quv yili qabulida abiturientlarni onlayn ro`yxatga olish 2022 yil 27 iyulga qadar (27 iyul kuni ham) davom etadi.

Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o`tkaziladigan bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga ro`yxatga olish esa 17 iyulga qadar (17 iyul kuni ham) amalga oshiriladi.

Mazkur muddat davomida abiturientlar o`z ma`lumotlarini o`zgartirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo`ladigan bo`lsa, sertifikat ma`lumotlarini tizimga kiritishlari mumkin.


 

 

    Boshqa yangiliklar