FVV qutqaruvchilari suvda cho`kayotgan bolani qutqarib qoldi, deya xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.
Ma`lum qilinishicha, kecha, 15 iyul kuni soat 19:45 da Sirdaryo viloyat FVB markaziy-dispetcherlik xizmatiga Yangier shahar "Janubiy Mirzacho`l" kanalida 13 yoshli bola o`z ehtiyotsizligi oqibatida suvda oqib ketayotganligi to`g`risida xabar kelib tushgan.
Zudlik bilan voqea joyiga FVB qutqaruvchilari va IIB xodimlari etib borgan. Ko`rilgan tezkor harakatlar natijasida voyaga etmagan fuqaro FVB qutqaruvchilari tomonidan sog`-omon suvdan olib chiqilib, unga psixologik yordam ko`rsatilgan.
Shu o`rinda, Favqulodda vaziyatlar vazirligi barcha ota-onalardan farzandlarini qarovsiz qoldirmasliklarini va belgilanmagan joylarda cho`milishlariga ruxsat bermasliklarini so`rab qoladi.






