AsosiyJamiyat

Qozog`istonda o`zbekistonliklar bo`lgan mikroavtobus halokatga uchradi. Qurbonlar bor

'Qozog`istonda o`zbekistonliklar bo`lgan mikroavtobus halokatga uchradi. Qurbonlar bor'ning rasmi

Qozog`iston Respublikasining Shesskiy tumanida yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi. Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi ma`lumot berdi. 

Ma`lum qilinishicha, bugun, soat 3:21 da Qozog`iston Respublikasi Shesskiy tumanidan o`tgan “Almata-Ekatrinburg” avtomobil yo`lining 850 km.da harakatlangan, MAN yuk mashinasi va “Mercedes-Benz Sprinter” yo`lovchi mikroavtobusi to`qnashishi oqibatida mikroavtobus ichida bo`lgan 17 nafar yo`lovchilardan 8 nafari voqea joyida halok bo`lgan, 9 nafar yo`lovchilar turli darajada tan jaroxati olib, Aksu-Ayuli qishloq kasalxonasiga yotqizilgan.

YTH oqibatida mikroavtobus salonida bo`lgan 5 nafar O`zbekiston Respublikasi fuqarolaridan 2 nafari voqea joyida vafot etgan hamda 3 nafari turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Hozirda ushbu fuqarolarga malakali tibbiy yordam ko`rsatilmoqda.

“Shuni alohida ta`kidlash joizki, Do`st Qozog`iston mas`ullari yuzaga kelgan mazkur baxtsiz hodisa oqibatlarini zudlik bilan bartaraf etish, jarohatlanganlarga tez tibbiy yordam ko`rsatishda yaqindan ko`mak berishmoqda.

Hozirda, ushbu xolat yuzasidan Qozog`iston Respublikasi IIV hodimlari tomonidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Holat yuzasidan Qozog`iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan ma`lumot almashinuvi davom etmoqda”, - deyiladi xabarda. 


 


 

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram

    Boshqa yangiliklar