AsosiyJamiyat

Rossiyada O`zbekiston fuqarolariga kuch ishlatib, majburiy mehnatga jalb qilgan ish beruvchi hibsga olindi

'Rossiyada O`zbekiston fuqarolariga kuch ishlatib, majburiy mehnatga jalb qilgan ish beruvchi hibsga olindi'ning rasmi

 Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabar bermoqda.

Ma`lum qilinishicha, Rossiya Federasiyasining Volgograd viloyatiga ishlash maqsadida borgan O`zbekiston fuqarolari qiyin ahvolda qoladi va berilgan va`dalar yolg`on ekanligini biladi.

Ma`lum bo`lishicha, fuqarolar ish beruvchi tomonidan barcha hujjatlari olib qo`yilib, kuch ishlatilgan va majburiy mehnatga jalb qilingan. Oylik ish haqidan darak ham bo`lmagan.

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Volgograd shahridagi vakili ushbu murojaatni o`rganish maqsadida zudlik bilan Volgograd viloyati ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati bilan korxonaga reyd uyushtirildi. Reyd davomida viloyatning barcha huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari ishtirok etdi.

Natijada ish beruvchi hibsga olinib, jinoiy javobgarlikka tortildi. Barcha yurtdoshlarimizning pasport va oylik maoshlari olib berildi.

    Boshqa yangiliklar