O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Sardor Uktamovich Umurzakov O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi rahbari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Bosh vazirning investisiyalar va tashqi iqtisodiy masalalar bo`yicha o`rinbosari - investisiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi xabar berdi.






