AsosiyJamiyat

Andijonda 8-sinf o`quvchisi o`nlab fuqarolarning plastigidagi pullarni "echib" olib, o`yinga tikib yubordi

'Andijonda 8-sinf o`quvchisi o`nlab fuqarolarning plastigidagi pullarni "echib" olib, o`yinga tikib yubordi'ning rasmi

15 yoshli bola fuqarolarni aldab, pullarini qo`lga kiritib, pullarni “PUBG” onlayn o`yiniga tikib kelgani ma`lum bo`ldi. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi ma`lumotlariga tayanib “Postda” xabar bermoqda.

Farg`ona viloyatida yashovchi 1991 yilda tug`ilgan D.I. ichki ishlar organiga ariza bilan murojaat qilib, firibgar tug`og`iga tushganligini va pullaridan ayrilganini ma`lum qilgan. 

Uning bildirishicha, no`malum shaxs telegram messenjeri orqali unga “Omad shou” dasturida pul yutug`ini yutib olganligi to`g`risida xabar yuborgan. Xullas, uning ishonchiga kirib, yutuq pullarini bank plastik kartasiga o`tkazib berishini aytgan. O`z navbatida fuqaro unga o`z plastik raqami ma`lumotlarini bergan. Lekin yutuq pullaridan umid qilib o`tirgan D.I. biroz o`tib, bor pulidan ham ayrilgan. Plastik kartasidagi bir million so`mga yaqin pullar echib olingan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida, ushbu jinoyatni Andijon viloyatida yashovchi, 2007 yilda tug`ilgan 8-sinf o`quvchisi O.X. sodir etganligi aniqlanib qo`lga olingan.

O`rganishlar natijasida O.X. shu usul bilan o`nlab fuqaroni aldab, pullarini qo`lga kiritgani, jinoiy yo`l bilan topgan pullarni esa “PUBG” onlayn o`yiniga tikib, sarflaganligi ma`lum bo`ldi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilgan.

    Boshqa yangiliklar