AsosiyJamiyat

Bir guruh kinoijodkorlar “Mehnat faxriysi” ko`krak nishoni bilan taqdirlandi

'Bir guruh kinoijodkorlar “Mehnat faxriysi” ko`krak nishoni bilan taqdirlandi'ning rasmi

"O`zbekfilm" kinokonsernida Kinematografiya agentligi hamda Kinoarboblar ijodiy uyushmasi tomonidan taniqli, elimiz suygan kinoijodkorlarga “Mehnat faxriysi” ko`krak nishonini tantanali topshirish marosimi o`tkazildi.

Ushbu mukofot bilan O`zbekiston xalq artistlari Rajab Adashev, Gulchehra Jamilova, Gulchehra Sa`dullaeva, marhum Lutfulla Sa`dullaev, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist, kino va dublyaj aktrisasi Noila Toshkenboeva hamda kinorejissyor Ahmadjon Unarboev va boshqalar taqdirlanishdi.

Mukofotlarni O`zbekiston Kinematografiya agentligi bosh direktorining birinchi o`rinbosari Shuhrat Rizaev va Kinoarboblar ijodiy uyushmasi raisi Matyoqub Matchonovlar topshirishdi.

 

    Boshqa yangiliklar