Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida maktab direktori va o`quvchi o`rtasida mushtlashuv sodir bo`lgani aytilgan videoxabar tarqaldi.
Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati holat yuzasidan ma`lum qilishicha, 15 iyul kuni soat 11.00 atrofida Nishon tuman 2-son kasb-hunar maktabida fuqarolar G.U. va X.O. o`zaro tortishib qolib, mushtlashgan. Mazkur holat yuzasidan hozirda tuman IIB profilaktika inspektori tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.






