O`zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmatining xabariga ko`ra, 2022 yil 18 iyuldan Rossiya Federasiyasining Moskva, Qozon va Sankt-Peterburg shaharlariga muntazam avtobus qatnovlari qayta tiklanadi. Mazkur yo`nalishlarda qatnovlar “Uzautotrans service” MChJ korxonasining Yutong rusumli avtobuslarida amalga oshiriladi.
18 iyuldan boshlab, haftaning dushanba va payshanba kunlari “Toshkent” avtovokzalidan soat 12:00 da Toshkent–Moskva yo`nalishida qatnovlar amalga oshiriladi. Mazkur yo`nalishda chipta narxi 1 000 000 so`m;
Toshkent–Qozon yo`nalishida qatnovlar haftaning seshanba va juma kunlari bajariladi. Avtobuslar “Toshkent” avtovokzalidan soat 11:00 da harakatlanishni boshlaydi. Chipta narxi 800 000 so`m;
Toshkent–Sankt-Peterburg yo`nalishida qatnovlar haftaning chorshanba va shanba kunlari bajariladi. Avtobuslar “Toshkent” avtovokzalidan soat 16:00 da yo`nalish bo`ylab harakatlanishni boshlaydi. Chipta narxi 1 250 000 so`m.






