AsosiyJamiyat

Qoraqalpog`istonning 6 ta tumanida “aqlli” gaz hisoblagichlar to`liq o`rnatilib, avtomatlashtirilgan tizimga integrasiya qilindi - Energetika vazirligi

'Qoraqalpog`istonning 6 ta tumanida “aqlli” gaz hisoblagichlar to`liq o`rnatilib, avtomatlashtirilgan tizimga integrasiya qilindi - Energetika vazirligi'ning rasmi

Davlatimiz rahbarining “Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish loyihasini amalga oshirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Qaroriga muvofiq, Qoraqalpog`iston Respublikasida “aqlli” gaz hisoblagichlarni o`rnatish ishlari izchil amalga oshirilmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi Matbuot xizmati xabar qildi.

Qarorga asosan, respublika aholi xonadonlariga 241 592 dona “aqlli” gaz hisoblagich o`rnatilishi rejalashtirilgan bo`lib, bugungi kunga qadar 210 538 dona (87,1%) hisoblagich o`rnatildi. Xususan:

- Nukus shahri — 91,2%,

- Taxiatosh tumani — 82,3%,

- Xo`jayli tumani — 97,8%,

- Shumanay tumani — 104,3%,

- Qonliko`l tumani — 108,3%,

- Qo`ng`irot tumani — 74,1%,

- Mo`ynoq tumani — 106,7%,

- Nukus tumani — 113,5%,

- Kegeyli tumani — 92,1%, 

- Chimboy tumani — 77,6%, 

- Qorao`zak tumani — 106,1%, 

-Taxtako`pir tumani — 97,1%, 

- Amudaryo tumani — 68%, 

- Beruniy tumani — 69,7%, 

- To`trko`l tumani — 71%, 

- Ellikqal`a tumani — 90,5%, 

- Bo`zatov tumani — 106,5% zamonaviy tabiiy gaz hisoblagich o`rnatib bo`lindi.

Respublika bo`yicha gaz hisoblagichlarini o`rnatish ishlari joriy yilning noyabr oyiga qadar yakunlanadi.

    Boshqa yangiliklar