AsosiyJamiyat

Ayrim avtomobillarga gaz quyish shaxobchalari tomonidan metan gazi narxlari oshdimi?

'Ayrim avtomobillarga gaz quyish shaxobchalari tomonidan metan gazi narxlari oshdimi?'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlar orqali ayrim avtomobillarga gaz quyish shaxobchalari tomonidan metan gazi narxlari oshganligi yuzasidan xabarlar tarqaldi.

Ma`lumot uchun:

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 14 iyuldagi 387-sonli qaroriga muvofiq yuridik shaxslar uchun tabiiy gaz va elektroenergiya uchun tariflar oshirilishi vaqtinchalik to`xtatilgan.

 O`zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi tomonidan ayrim avtomobillarga gaz quyish shaxobchalari tomonidan metan gazi narxlarini oshirilganligi yuzasidan tezkor o`rganish ishlari amalga oshirildi.

O`rganish natijalari bo`yicha Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida joylashgan avtomobillarga gaz quyish shaxobchalari tomonidan bugungi kunda 1 kub m metan gazining narxi barqaror ravishda o`rtacha 2300 so`mdan 2800 so`mgacha sotilayotganligi ma`lum bo`ldi.

O`z navbatida, Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi tomonidan metan gaz narxlari doimiy monitoring qilib borilayotganligi va avtomobillarga gaz quyish shaxobchalari metan gazi narxlarini sun`iy ravishda oshirgan taqdirda belgilangan tartibda tegishli chora ko`rilishi ma`lum qilinadi.

    Boshqa yangiliklar