Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2022 yilning 1 iyul holatiga respublikamizdagi ko`chalar 562,7 ming dona yoritish uskunalari yordamida yoritiladi.
Bu o`tgan yilning mos davriga nisbatan 7,8 foizga yoki 40,6 mingtaga oshgan.
Ko`chalari eng ko`p yoritish uskunalari yordamida yoritiladigan hududlar:
— Toshkent shahri – 136,3 ming dona
— Farg`ona viloyati – 50,8 ming dona
— Namangan viloyati – 46,4 ming dona
— Andijon viloyati – 45,4 ming dona






