Kecha, 16 iyul kuni tunda Ukraina aviakompaniyasiga tegishli “Antonov” yuk samolyoti Gresiya shimolidagi Kavala shahri yaqinida halokatga uchradi. Bu haqda mahalliy hokimiyatga tayanib, “Interfaks” nashri xabar bermoqda, deya yozmoqda Zamon internet nashri.
Qayd etilishicha, samolyot Serbiyadan Iordaniyaga uchayotgan bo`lgan. Gresiya matbuotiga ko`ra, bortda sakkiz kishi bo`lgan va u 12 tonna o`q-dorilarni olib ketayotgan edi.
Hodisadan biroz oldin uchuvchi dvigatellardan birida nosozliklar haqida xabar bergan. Unga Kavala aeroportiga qo`nishga ruxsat berilgan, biroq samolyot aerodromdan 40 km uzoqlikda qulagan.
Ehtiyot chorasi sifatida halokat joyiga aholiga derazalarini yopiq holda saqlash va niqob taqish tavsiya qilingan.






