Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabariga ko`ra, ular qariyb 800 mln. so`m va 6 ming AQSh dollar miqdoridagi byudjet mablag`larini talon-taroj qilgan.
Ma`lum qilinishicha, noqonuniy jarayon rasmiy hujjatlarga soxta yozuvlar qo`shish orqali sodir etilgan.
Federasiya prezidenti N.N. ayrim holatlardan norozi bo`lib, tashkilot sobiq rahbarlari yuzasidan agentlikka murojaat yo`llagan. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan federasiya faoliyati bilan bog`liq korrupsion holatlar o`rganib chiqilib, uning yakunlari Bosh prokuraturaga taqdim etilgan.
Tegishli mutasaddilar bilan o`tkazilgan tadbirlarda yuqoridagi harakatlar ayon bo`lgan.
Xususan, 2020-2021 yillarda o`tkazilgan 10 ta o`quv yig`inlarida 49 nafar sportchi amalda qatnashmagan hamda mehmonxona xizmatidan foydalanmagan bo`lsa-da, ishtirok etganligi haqida soxta hujjatlar rasmiylashtirilib, 403 mln. so`mlik byudjet mablag`lari o`zlashtirib yuborilgan.
Sportchilar tomonidan ishlatilmagan 64 turdagi 78,5 mln. so`mlik dori vositalari ham talon-toroj qilingan. Shuningdek, sport zal ijaraga olinganligi to`g`risida hujjatlar rasmiylashtirilib, 128 mln. so`m mablag`lar amalda sport zaliga ega bo`lmagan mehmonxonaga o`tkazilib, o`zlashtirilgan.
Shu kabi 2021 yilda o`tkazilgan 3 ta sport musobaqalari qatnashuvchilari tomonidan to`langan 150 mln. so`m badal pullari kirim qilinmagan.
Bundan tashqari, me`yoriy hujjatlar talabalariga zid ravishda karate bo`yicha jahon chempioni D.O.ga trenerlik qilmagan U. B.ga davlat byudjetidan asossiz ravishda 6 ming AQSh dollari to`lanishiga erishilib, mablag`lar o`zlashtirilgan.






