AsosiyJamiyat

Qoraqalpog`istonda soliq to`lovchilarga engillik berildi  

'Qoraqalpog`istonda soliq to`lovchilarga engillik berildi   'ning rasmi

Endi tegishli hisobotlarini taqdim etmaganlarga vaqtincha javobgarlik belgilanmaydi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi hududida 2 avgustga qadar favqulodda holat joriy etilganligini inobatga olib Davlat soliq qo`mitasi mazkur jarayon tashkillashtirilishini ma`lum qildi.

Xabar qilinishicha, soliq kodeksining ayrim bandlariga asosan ushbu hududda faoliyat yuritayotgan soliq to`lovchilarga nisbatan favqulodda holat davrida soliq hisobotlarini belgilangan muddatlarda taqdim etmaslik holatlari bo`yicha javobgarlik va ta`sir choralari (bankdagi hisobraqamlar bo`yicha operasiyalarni to`xtatish, QQS guvohnomasini amal qilishini vaqtincha to`xtatish) qo`llanilmaydi.

    Boshqa yangiliklar