Prezident Ilhom Aliev rahnamoligi tufayli Ozarbayjon xalqaro maydonda obro`-e`tibori ortib bormoqda.
Bu haqda amerikalik tahlilchi Irina Sukerman xabar berdi.
Uning ta`kidlashicha, AQSh rahbari Bayden joriy yil boshida Bokuga Respublika kuni va Energetika haftaligiga bag`ishlangan ikkita maktub yo`llagan.
"Bu Ozarbayjonning energiya ishlab chiqaruvchisi, shuningdek, turli mintaqaviy masalalar bo`yicha potensial muzokarachi sifatidagi ahamiyati ortib borayotganidan dalolat beradi. Xuddi shunday, Ozarbayjon Evropa Ittifoqi bilan munosabatlarini mustahkamladi va hozirgi muammolar:oziq-ovqat tanqisligi, shuningdek energiya inqirozi nuqtai nazaridan tobora faol va muhim davlat sifatida ko`rilmoqda",-deydi Sukerman.
Shuningdek, tahlilchi mamlakatning mudofaa va boshqa masalalarda Isroil bilan yaqin hamkorligi mavjudligi, shuningdek, arab dunyosining ayrim davlatlari bilan ham iqtisodiy, ham siyosiy masalalarda aloqalar kuchayayotganini qayd etgan.






